View in Telegram
BUVISINING QIZI 📌To‘qsoninchi yillar boshi. Bahor. Juma shahridagi 28-maktabda bitiruvchi sinflardan birida jismoniy tarbiya fanidan imtihon bo‘layapti. O‘qituvchi eng avval qizlarga murojaat qildi: ─ Borib keyingi darsga tayyorgarlik ko‘raveringlar. Baholaringni qo‘yib qo‘yaman... Qizlar shunday bo‘lishini bilganday xotirjam sinfxona tomon yo‘l oldi. Ammo bir qiz joyidan jilmay turaverdi. ─ Sen nega ketmayapsan? ─ so‘radi o‘qituvchi. ─ Men imtihonni o‘zim topshirib baho olmoqchiman, ─ dedi qiz qat’iyat bilan... Bu manzara ko‘pchiligimizga tanish. Rostdan ham o‘sha paytlari jismoniy tarbiya darslari ham, bu fandan imtihonlar ham nomigagina o‘tkazilardi. Ayniqsa, qizlar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida deyarli ishtirok etmas edi. Biron qiz jur’at qilib, sport formasi kiyib sport bilan shug‘ullana boshlasa, odamlar gapirardi... ─ O‘shanda imtihondan besh baho olganman, ─ deydi Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi 19-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Dilorom Sharipova. ─ Bu qaysarligim to‘ng‘ichimiz Diyoraga o‘tgan ekan, mana jahon chempioni bo‘ldi. Sog‘lom oila Juma paxta tozalash zavodi ishchisi Baxtiyor Mardonov oilasiga bugun ko‘pchilik havas qilmoqda. Oilada voyaga yetayotgan to‘rt farzand odob-axloqi, a’lo o‘qishi, sportda erishayotgan muvaffaqiyatlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib, barchaning havasini keltirmoqda. Diyora Pastdarg‘om politexnika kasb-hunar kollejining 3-kurs o‘quvchisi. Gulniso Pastdarg‘om pedagogika va sport kasb-hunar kollejida tahsil olayapti. Quvondiqbek Juma shahridagi 21-umumta’lim maktabining 6-, Og‘abek esa 2-sinfida o‘qiyapti. Bolalar dadasi bilan birga har kuni tongda yugurib, badantarbiya mashqlarini bajaradi. Pedagogika kollejining jismoniy tarbiya yo‘nalishida o‘qiyotgan Gulniso ham dzyudo, ham sambo bilan shug‘ullanadi. Tuman va viloyat miqyosidagi musobaqalarda bir necha bor g‘olib bo‘lgan. Diyora esa... “Men ko‘rmaganni el ko‘radi” Dilorom Sharipova: ─ Diyora tug‘ilganida juda nimjon edi. Danakcha, deb erkalatardik. Yaxshi eslayman, 6 yoshida 1-sinfga chiqqanida sumkasini bazo‘r ko‘tarar, maktabgacha deyarli sudrab borardi. Salgina shamol tegsa aksa urib qolar, immuniteti juda past edi. Rahmatli qaynonam bunga chidab turolmadi. Qo‘lidan yetaklab sport maktabiga olib bordi. Shungayam mana o‘n ikki yil bo‘libdi... Diyora ─ buvisining qizi. Qaynonam Gulsara Quvondiqova nihoyatda g‘ayratli ayol edi. Uzoq yillar hozir men ishlayotgan bolalar bog‘chasida tarbiyachi bo‘lgan. Mahallada nimaiki tadbir bo‘lsa, qaynonamsiz o‘tmasdi. Tashkilotchi, yetakchi edi. Yaxshigina doira chalib qo‘shiq ham aytardi. Hech kimdan maslahatlarini ayamasdi. Nevaralarini juda-juda yaxshi ko‘rardi. Ayniqsa, Diyorani. Chunki uni o‘zi katta qilgandi-da!.. Buvisi dzyudoga qatnay boshlaganidan qizimning qulog‘iga quyib kelgan: “Xudo xohlasa, jahon chempioni bo‘lasan, yurtimiz, diyorimiz bayrog‘ini baland ko‘tarasan! Men bunga ishonaman”. Musobaqalarga o‘zi olib borardi. Bolam bilan birga yurishdan hech charchamasdi. Ha, aytganday, yoshligida o‘zi ham bir maydon kurash tushgan ekan. Odamlar gap qilgan. Birda aytib qoluvdi. Endi gap-so‘zlar hech tugamas ekan-da. Qizlarim sport bilan shug‘ullanib, katta-kichik davralarda kurash tushib boshlagach, ayrim qo‘ni-qo‘shnilar, mahalladoshlar ham gapirgan: qiz bolaga kurash tushish yarashmaydi, deb. Bugun esa hammasi Diyoraga havas bilan qaramoqda. Qizlarini sport to‘garagiga olib borayotganlari haqida ham eshitdik. Ularga doim aytganman: bolangizni sportga bering. Ayniqsa, qizlarni. Prezidentimiz ham aytdilar-ku: “...qizlarimiz timsolida biz avvalambor bo‘lg‘usi onalarni, ham jismoniy, ham ma’naviy sog‘lom avlodni o‘zimizga tasavvur qilamiz, naslimiz davomchilarini ko‘ramiz. Hech shubhasiz, qiz bola sog‘lom, bilimli, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lsa, u quradigan oila ham, bu oilaning mevasi bo‘lmish bola ham sog‘lom va baxtli bo‘ladi. Oila sog‘lom va baxtli bo‘lsa, butun jamiyat barqaror va farovon bo‘ladi”. Davomi👇 @karvonli
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily