View in Telegram
VERESHCHAGIN Satang xonimlarning davrasi aro U olis Turkiston ertagin so‘zlar. Tegrada shukuhli, beg‘am bir sado, Bashang quvonchlarga o‘rgangan ko‘zlar. U so‘ylar Toshkandu Jizzax, Samarqand Poyida qanday jon berganin sartlar. Quvonchdan shivirlar: (Xonimlar tinglang!) “Eh, bizning sollotlar, chinakam mardlar!” Ko‘p yillar o‘tadi, anglar bir kuni Boshqacha  so‘zlashi kerak edi u Va o‘sha beshafqat lahzadan uni Tark etmas hech qachon yarador qayg‘u. Axir, yodida-ku: Toshkand yonida Sarmast kazaklarni jarga boshlashar... Go‘dakka o‘q uza olmagan bitta Yoshgina soldatni chopib tashlashar. Beshafqat haqiqat qaytadi qalbga, U shunda anglaydi, anglatar ranglar; Miltiq o‘qtalganlar – boshqa Rossiya, Boshqa Rossiyadir o‘q uzmaganlar. Ko‘zlarin oldida qotar abadiy: (bu balki vijdonning o‘lmas mujdasi) Miltiqning tig‘iga sanchilgan mitti – Qonlarga bo‘yalgan go‘dak murdasi. Balki shuning uchun tunlar Isoga Yolvorib, sig‘inib, yosh to‘lib ko‘zga, Urush maydonlarin egallab olgan Quzg‘unlar to‘dasin chizar u bo‘zga. Qonli kunlar haqqi endi u bedor, Ko‘zini yumishga qo‘rqadi, hayhot, Tig‘larga sanchilgan go‘daklar takror Qichqirar ko‘zini yumgani zahot. O‘sha kunlar haqqi, qo‘rquv, g‘am ichra Zulmat bandalari qilgan shum, basir, Qonli gunohlarni jon chiqargacha Yuvolmay dunyodan o‘tdi musavvir. Xurshid Davron @javlonjovliyev
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily