Men yer bilan oʻynashib oʻsdim, u bilan tillashib ulgʻaydim!
Yerga yetti marta yiqilgan bolaning koʻzidan oʻt emas, soʻz otiladi. “He, sening onangni...” – tuproqni tepib-tepib, soʻkib-soʻkib katta boʻldik.
Balo kelsa-kelmasa, yerga tupurib-tupurib oʻtdik.
Gʻazabimiz unga, qon toʻksak, ter toʻksak, noxos qistalsak, sevsak, istalsak va oqibat oʻligimiz ham unga.
Nimaga?
Qachongacha bor xorlik yerga?
Qachongacha badalini shu tuproq toʻlaydi?
Men yaqinlarim oʻlimida yolgʻiz uni aybdor bildim.
Barini u yutib ketdi, yoʻq qildi, shafqatsiz va mehrsiz shu tuproq!
"
Qoʻrqma" romanidan
@javlonjovliyev