Izoh
Hech qachon hech kimdan olmadik sotib,
Va yoki birovdan oʻgʻirlamadik.
Baqirib-chaqirdik haq soʻzin totib,
Mayda gap boʻlmadik, mingʻirlamadik.
Muloyim koʻrindi garchand chehramiz,
Lek mudom tomirda qaynab turdi qon.
Goh siltab uzdilar yoqa tugmamiz,
Goh eslab qoldik-ki, aslimiz polvon.
Harqalay, yoʻl halol, soʻzimiz halol,
Qoʻl yuvmay hech qalam tutganimiz yoʻq.
Birovni tepkilab qilmadik zavol,
Birovdan oshib ham ketganimiz yoʻq.
Shukur, yashayapmiz baholi qudrat,
Gohida biz kuldik, goh omad kuldi.
Eee, asli bir chaqa hammasi...
Faqat,
Sen mendan norozi boʻlmasang boʻldi.
@jaloliddinsayid