Ochig‘i kamera qarshisida doim ham (o‘zim xohlagandek) erkin fikr aytolmayman, negadir. Ehtimol, bunaqa narsalardan uzoqroq sohaning odami bo‘lganim uchundir. (Harqalay hozircha shunday) Aslida avval boshidan aytdimki "Abbos, agar ko‘ngildagidek chiqmaydigan bo‘lsa, videoni joylamay qo‘yaver, xafa bo‘lish yo‘q?"
U "xo‘p" dedi... Va (baribir) eʼlon qildi.
🤦 Aniq bilamanki, agar shu savollarni kimdir shunchaki gurung davomida beradigan bo‘lsa, bundan tuzukroq "sayragan" bo‘lardim. Ammo na chora.
O‘ylaymanki, odam tabiiy jarayonda o‘sib, rivojlanib borganidek, fikrlar ham sayqallanib, tiniqlashib borgay. Balki keyingi suhbatlarda fikrimizni bundanda durustroq bayon eta olarmiz. Har nechuk umid bor...
Kimgadir qiziq bo‘lsa ko‘rib olishingiz mumkin. Xato, kamchiliklari bo‘lsa, uzrli.
(Ha-ya Abbos, rahmat...)
@jaloliddinsayid