View in Telegram
Yana bir asl shoir Shomonqul Salom tavallud topgan kun. Shodmonqul akaning umrlari uzoq bo‘lsin. Hali ko‘p go‘zal she'rlaridan bahra olish umidimiz bor... Shoirga Qoʻllaring buncha sovuq, Bir lahza tinasanmi? Dunyo – bir togʻora choʻgʻ, Shunga isinasanmi? Lipillab oʻchib borar, Koʻksimga koʻchib borar, Toʻngʻib qolgan olamda Soʻnggi bor yonasanmi? Ey, doʻst, boshingni tik tut, Sotilmasni sotmagin. Bedillar kemasida U sohilga ketmagin. Yashash ham zoʻr ish emas, Qahramonlikmas oʻlim, Koʻp qatori boʻldingmi, Shunga quvonasanmi? Chumolining inidan Don oʻgʻirlab boy boʻlgan. Sening gulday koʻnglingga Kir qoʻllari uzalgan. Quyoshga til chiqarib, Shamolni shaloq qilgan, Koʻp xudoli kaslarni Qaygʻurib yonasanmi? Tanishing yoʻqmi Marsda, Quyoshga yoʻqmi ulov? Muz nigohlar taftidan Koʻksimga ketgan olov. Qanoting borligini Sezgani yoʻqmi birov. Oʻzing ham bilmagaysan, Bilmoqni istamaysan, Istamoqni bilmaysan, Yolgʻonmi, tonasanmi? Mening oyogʻim toldi, Kuyib bitdi qanotim. Yurak devorlariga Urilib qaytar dodim. Suvarakka sheʼr aytib Tugab borar sabotim. Yashash degani shumi, Nahot shumi hayotim?! Oʻlmay turib oʻlishga Nahotki koʻnasanmi? Arzimadi bu dunyo, Bilganimda kelmasdim. Uyqu dori ber, Xudo, To ruhim uygʻonmasin. Yelkamdagi koʻzlarim Lovullab borayotir. Yondim oʻcholmayapman, Kuydim, ishonasanmi? Yurak degan tulporda Jilovni uzib keldim. Mayxona! Xoʻjang qani? Ahdimni buzib keldim. Dogʻulilar davrasin Koʻzin shamgʻalat etib, Qoʻlim muz, oʻzim esa Oʻt boʻlib qizib keldim. Tangrim, qaramay turgil, Shuni ichib yuboray, Puli Sirotda toysam, Ushlab qololasanmi? Dunyong oʻchib qolgan choʻgʻ, Shunga ishonasanmi? @jaloliddinsayid
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily