"O‘zbekiston xorijlik o‘qituvchilarga mahalliy mutaxassislardan 10 baravar ko‘p oylik taklif qilmoqda", deb
yozmoqda Uzdiploma nashri.
Rasmiy
ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda 2024-yil 1-choragida sohalar bo'yicha o'rtacha ish haqi 4,9 mln so'mni tashkil qilgan holda, ta'lim sohasi xodimlarining o'rtacha oyligi
3,4 mln so'mni tashkil qilmoqda. Ya'ni, o'qituvchilarning o'rtacha oyligi boshqa sohalarda ishlaydigan mutaxassislar o'rtacha oyligidan kamida
30%ga kam. Buning ustiga, ta'lim sohasida (tibbiyot bilan birga) o'rtacha ish haqi
boshqa sohalarga nisbatan sekinroq o'smoqda.
O'zbekistonga taklif qilinayotgan xorijlik o'qituvchilarga katta - O'zbekiston o'qituvchilariga
va'da qilingan, lekin haligacha orzu bo'lib qolayotgan oylikdan 4 baravar ko'p oylik hamda bir qator imtiyozlar (tekin uy-joy, tibbiy sug'urta va hokazolar) taklif qilinayotgani haqida oldin ham
yozgan edim. Undan keyin maktablarga
"til egalari"ni olib kelish dasturi ham ishga tushdi - ularga qancha ish haqi taklif qilinyapti, bilmadim, lekin har qalay 3,4 mln so'm (taxminan 300$) bo;lmasa kerak).
Darvoqe. Mana bu
e'longa qarang. Eng zo'r sharoitlarda, 12ta o'quvchi o'qiydigan sinflarda dars berishni istaymizmi? $4200 oylik, tekin uy-joy, tekin tibbiy sug'urta va boshqa bir qator imtiyozlar. Nomzodga talablar ham unchalik qattiq emas. Qiziqib qoldingizmi? Uzr, agar qo'lingizda "O'zbekiston fuqarosi" degan hujjat bo'lsa, topshira olmaysiz, Dunyoning eng oldi universitetlarini bitirgan va qo'lingizda bilim, ko'nikmalaringizni tasdiqlaydigan bir dunyo sertifikatlaringiz bo'lsa ham.
Faqat yig‘lamagin, aybim nima deb,
Aybing — onang seni O'zbekistonda tuqqan!..