View in Telegram
🚆Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston yangi magistral temir yo‘li qurilishi boshlandi Prezident Shavkat Mirziyoyev buni "do‘st mamlakatlarimiz salkam 30 yil davomida intilib kelgan tom ma’nodagi tarixiy voqea", deb atadi. Ma'lumot uchun, loyiha doirasida Qoshg‘ar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yo‘nalishi bo‘yicha 20 ta stansiya, 42 ta ko‘prik, 25 ta tunnel quriladi. Bundan tashqari, zamonaviy tranzit-logistika infratuzilmasi, omborxona va terminallar barpo etiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu magistral yo‘lning ishga tushirilishi mintaqaviy savdo va investitsiyalar hajmini bir necha barobar ko‘paytirishga xizmat qiladi. Ushbu yo‘l orqali yiliga 15 million tonna yuk tashiladi. Xitoydan Yevropa mamlakatlariga yuklarni yetkazib berish masofasi va muddati bir necha ming kilometr va deyarli bir haftaga qisqaradi. Yo‘lovchilarni muntazam tashishni yo‘lga qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ladi. Kelgusida ushbu temir yo‘l liniyasi Transafg‘on yo‘lagi bilan tutashib, Xitoy, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi transport-kommunikatsiya tarmoqlarini samarali birlashtirish va kuchaytirishga imkon yaratadi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily