View in Telegram
"Bir paytlar opamning jahlini chiqarib uning kompyuteridan foydalanardim..." Bugun Google kompaniyasida Software Engineer lavozimida faoliyat yuritayotgan o'zbekistonlik Vohid Karimov Markaziy Osiyoning eng yirik dasturchilar festivali GDG DevFest'da minglab yoshlarga o'zining bugungi darajaga yetib kelish yo'li haqida hayotidagi qiziqarli voqealarni eslab, so'zlab berdi. Avval xabar berganimizdek, Toshkentda dasturchilar, texnologiya ishqibozlari va sanoat ekspertlarini birlashtirgan GDG DevFest dasturchilar festivali bo’lib o’tdi. Festival yoshlarini qutlash uchun Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda AQShning O‘zbekistondagi Elchisi Jonatan Henik tashrif buyurdi. Vohid Karimov singari 30 dan ortiq spikerlarni qamrab olgan mazkur festival dasturchilar uchun xalqaro darajada bilim almashish va professional aloqalar o'rnatish imkonini yaratdi. Kun davomida tadbirga tashrif buyurgan yoshlar bugun dunyoning nufuzli Google kompaniyasida faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimizning tajribalari bilan tanishish mahalliy va xorijlik mutaxassislar bilan axborot texnologiyalari sohasidagi so‘nggi tendensiyalarni muhokama qilish imkoniga ega bo'ldilar. Bu yilgi konferensiya texnologiyaning eng muhim yo'nalishlaridan biriga – Sun'iy Intellekt va Machine Learning'ga e'tibor qaratdi. Online tarzda efirga uzatilgan mazkur festivalni quyidagi havolada tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/JuRPrd8daiI
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily