O‘quvchilar ijodidan
DunyoToʻrt faslimni bahor deya aldading,
Koʻlmaklarni anhor deya aldading,
Men shoʻrlikni hohlagancha avrading,
Ay dunyo-ya!..
Ay dunyo.
Boshlarimni toshlar yorsa toshmas deding,
Koʻzlarimdan yoshlar oqsa yoshmas deding,
Toʻrt faslim qahratondir, qishmas deding,
Vah dunyo-ya!..
Vah dunyo
Neni desang koʻnib-koʻnib ketayapman,
Yuragimga ming azobni bitayapman,
Endi taxtmas, bir baxtimni kutayapman,
Ay dunyo-ya!..
Vay dunyo-ya!..
Hay dunyo-ya!...
✍Mehriddin Sobirjonov
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi 👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim