#Siz_himoyadasiz_
#Psixolog_xizmati
Yetti yil davomida 5 marotaba o'z joniga qasd qilmoqchi bo'lgan Oqila hayotga boshqacha ko'z bilan qarashni o'rgandi
😮 Buxorolik Oqila nomiga mos ravishda aqlli bo'lib kamolga yetdi. Xususiy korxonada ishlab yurgan vaqtida qaynonasi yoqtirib kelin qildi. Boshida hammasi yaxshi bo'lsa-da, keyinchalik qaynona va qaynsingil aralashuvi sabab oilaga darz keta boshladi.
↗️ 7 yillik oilaviy hayoti davomida oila a'zolari, turmush o'rtog'idan doimiy ravishda kaltak yeyish, ketma-ket uch farzandning onasi bo'lib, qaynona va qaynsingil tomonidan berilayotgan ruhiy zarbalar, umr yo'ldoshining himoya qilmasligi Oqilani hayotdan bezdirdi.
😯 O'tgan yillar mobaynida
4-5 marta o'z joniga qasd qilmoqchi bo'lgan Oqila faqatgina qizlari sabab o'zini to'xtata oldi. Biroq, eng dahshatlisi farzandlari ko'z oldida o'zini mashina ostiga tashlaganidan so'ng, qahramonimiz hayotini o'zgartirish maqsadida
ijtimoiy xodimga murojaat qildi.
👥 "Inson" markazi psixologi ko'magi bilan, o'tkazilgan meditatsiya mashg'ulotlari, interaktiv usullarni qo'llash orqali bugungi kunda Oqila o'zini hayotini iziga solyapti. Oilasidagi voqealarga aralashmasdan, shunchaki o'z baxti va bolalari kamoli uchun ham hayotga boshqacha qarashni o'rganyapti.
🎬 Qahramonimiz kechinmalari bilan batafsil video-lavhada tanishing.
📝telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz