Ijtimoiy karta haqida nimalarni bilasiz?✅ IJTIMOIY KARTA – bu nogironligi bo‘lgan shaxsning yagona ijtimoiy xizmatlardan foydalanishdagi va to‘lovlarni amalga oshirishdagi plastik kartasi hisoblanadi.
Bunda barcha ijtimoiy xususiyatga ega xizmatlar, to‘lovlarni amalga oshirish usullari bosqichma-bosqich avtomatlashtirilib boriladi.
2024-yil 1-dekabrdan boshlabNogironligi bo‘lgan shaxslar uchun📱 yangi tayinlanadigan ijtimoiy toʻlovlar;
📱 хizmatlar va imtiyozlar IJTIMOIY KARTALAR;
📱 POM va RTV mahsulotlarini хarid qilish ham tajriba tariqasida ijtimoiy kartalar orqali amalga oshiriladi.
2025-yil 1-apreldan boshlab📱 Nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va guvohnomalar;
📱 Talabalik va o‘quvchi guvohnomalari;
📱 Urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaхs guvohnomalari o’rniga IJTIMOIY KARTALAR joriy etiladi.
Shuningdek:
📱jamoat transporti, temir yo‘l, avia va yo‘nalishli taksi xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha
📱 Nogironligi bo‘lgan shaxslar;
📱Ushbu xizmatdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega bo‘lgan aholining boshqa toifalariga imtiyozlar IJTIMOIY KARTALARda taqdim etiladi:
🧠 Ushbu IJTIMOIY KARTALAR Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab berilgan tartib asosida beriladi.📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz