#Ijtimoiy_himoya
#Toshkent_viloyati_live
🥹 Bolalar Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tekshiruvidan o‘tkazilmoqda
Ayni damda, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi huzurida navbatdagi
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya ko‘rigi o‘tkazilmoqda.
✅ Ushbu ko‘rikda
2 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar PTPK tekshiruvidan o‘tkazilib, kasallik tashxisi bo‘yicha ularga ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga hamda davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga, shuningdek, umumiy o’rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv sharoitda ta’lim olishlari uchun komissiya xulosasi beriladi.
👫 Ko'rikning asosiy maqsadi mustaqil ta’lim olishga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni kompleks Psixologik-tibbiy-pedagogik tekshiruvdan o‘tkazish hamda davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga yuborish uchun xulosa berishdan iborat.
📝 telegram 🎖 www.ihma.uz