Toshkent viloyatida "Yurakdan yurakkacha" xayriya aksiyasi start oldi🟢 Bugun, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat Yoshlar markazida 3-dekabr
"Nogironligi bor shaxslar kuni" munosabati bilan
"Yurakdan yurakkacha" xayriya aksiyasi boshlandi.
👮♂️ Unda viloyat hokimi Zoir Mirzayev boshchiligida sektor rahbarlari, boshqarma boshlig‘i Miraziz Mirsultonov, viloyat mas’ullari, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari, tuman va shahar hokimliklari mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
👫 Ushbu aksiyada viloyatdagi maxsus internat maktablarida nogironligi bor bolajonlar tomonidan yasalgan amaliy sanʼat namunalari sotuvi tashkil etilgan.
✅ Huddi shunday aksiyalar uch kun davomida Zangi ota va Shodmalik ota ziyoratgohlarida ham bo‘ladi. Bugun aksiyaga Nurafshon shahrida start berildi.
🧮 Ma’lumot o‘rnida, bugun viloyatimizda
74 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar yashaydi.
💚 Eslatib oʻtamiz, aksiya ertaga ham davom etadi. Keling, Siz ham xayriya tadbirimizda ishtirok eting!📝 telegram 🎖 www.ihma.uz