View in Telegram
Toshkent viloyatida "Yurakdan yurakkacha" xayriya aksiyasi start oldi 🟢 Bugun, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat Yoshlar markazida 3-dekabr "Nogironligi bor shaxslar kuni" munosabati bilan "Yurakdan yurakkacha" xayriya aksiyasi boshlandi. 👮‍♂️ Unda viloyat hokimi Zoir Mirzayev boshchiligida sektor rahbarlari, boshqarma boshlig‘i Miraziz Mirsultonov, viloyat mas’ullari, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari, tuman va shahar hokimliklari mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda. 👫 Ushbu aksiyada viloyatdagi maxsus internat maktablarida nogironligi bor bolajonlar tomonidan yasalgan amaliy sanʼat namunalari sotuvi tashkil etilgan. Huddi shunday aksiyalar uch kun davomida Zangi ota va Shodmalik ota ziyoratgohlarida ham bo‘ladi. Bugun aksiyaga Nurafshon shahrida start berildi. 🧮 Ma’lumot o‘rnida, bugun viloyatimizda 74 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar yashaydi. 💚 Eslatib oʻtamiz, aksiya ertaga ham davom etadi. Keling, Siz ham xayriya tadbirimizda ishtirok eting! 📝 telegram            🎖 www.ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily