🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining "Jurnalistika" to‘garagi a’zolari uchun Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati axborot-kutubxona markaziga mediatur tashkil etildi.
✅Mediatur doirasida "Matbuot anjumani" va "Intervyu" mavzusiga bag'ishlangan amaliyotlar ham o‘tkazildi. Unda o‘quvchilar matbuot anjumanida muxbir sifatida ishtirok etish hamda intervyu olishga avvaldan tayyorgarlik ko‘rish, mazkur jarayonlarga professional jurnalistika talablariga mos yondashish bo'yicha olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llashga harakat qildilar.
✅Amaliy mashg‘ulotlarda viloyat Axborot-kutubxona markazi direktori Muxiddin Tаshtanov hamda direktor o‘rinbosari Tavakkal Takaboyev o‘quvchilarning savollariga javob berdilar.
❇️ O'quvchilarning mediaturdan olgan taassurotlari asosida tayyorlaydigan maqolalari OAVda e’lon qilinadi.
🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
✅️Bugun ijod maktabining 7-"A"sinf oʻquvchilari bilan jahon adabiyotining yirik namoyondasi Ernest Xemingueyning "Chol va dengiz" asari tahlili boʻlib oʻtdi. 🌈Dastlab tarbiyachi-pedagog Sh.Soatova yozuvchining hayot faoliyati bilan oʻquvchilarni tanishtirib oʻtdi. Noʻmonjonova Muslima tomonidan asarning mazmun-mohiyati yuzasidan badiiy talqinlar keltirildi. 📚Soʻngra asar voqealari, qahramonlarning kechinmalari va taqdiri yuzasidan savol-javoblar oʻtkazildi. Ushbu asar oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.
🇺🇿Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi.
♾️Ijod maktabimizning yana 20 nafar o'quvchilari UMUMTA'LIM FANINI (Ona tili va adabiyot fani bo'yicha) BILISH DARAJASI sertifikatini qo'lga kiritdilar:
🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining "Jurnalistika" to'garagi a'zosi, 10-sinf o'quvchisi Mushtariy Toshpo'latovaning"To'ng'ichlik mas'uliyati" deb nomlangan maqolasi "Ma'rifat va yoshlar" gazetasida 2025 yilning 1- sonida chop etildi.