#Jurnalistika_tõgaragi🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiFikr
XARITANING FOYDASI KATTA
Bir kuni dadam dunyo xaritasini olib keldi. Uni darsxonamizning devoriga ilib qo‘ydik. Rostini aytsam, avval xaritaga uncha qiziqmas edim, ammo darsxonamizda paydo bo‘lgach, unga uzoq tikilib, ko‘p ma’lumotlar oldim. Shundan buyon mazkur jo‘g‘rofiy manbaga juda qiziqib qoldim va bo‘sh vaqtlarimda u orqali davlatlar, shaharlar, tog‘lar, daryolar, umuman yer yuzida neki bor, barini bilishga intila boshladim.
Dadam bu qiziqishimni sezib, Vatanimiz xaritasini ham keltirdi. Natijada ushbu manbadan jonajon O‘zbekistonimiz haqida ham yana ko‘p qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘ldim.
Demoqchimanki, xaritalar faqat biror davlat yo shaharning qayerda joylashganini ko‘rsatishi bilangina emas, kishi dunyoqarashini har jihatdan kengaytirishda ham muhim omil hisoblanadi. Ya’ni olam haqidagi tasavvurimiz oshadi. Dunyo haqidagi bilimimiz esa boshqa fanlarni chuqur o‘rganishimizda va umuman, hayotda albatta asqotadi.
Vazira XUDOYNAZAROVA,
Halima Xuloyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi, Jurnalistika to‘garagi aʼzosi.
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda
👇Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram IYoutube