Huquqiy axborot | Lotin

#Taʻlim
Channel
News and Media
Education
Politics
Legal
UzbekUzbekistanUzbekistan
Logo of the Telegram channel Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotinPromote
6.14K
subscribers
3.59K
photos
183
videos
7.71K
links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal. ▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot ▪️|Rus tilida — @pravoinf ▪️|Ingliz tilida — @leginf ▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
#Taʻlim

Qonunchilikka ko'ra, ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zo'riqish bilan bog'liq bo'lgan, ya'ni alohida xususiyatga ega bo'lgan tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko'pi bilan 36 soat qilib belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim

Qonunchilikka ko'ra, ish beruvchi umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarining, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning bevosita bolalarga ta'lim yoki tarbiya berish bilan band bo'lgan pedagog xodimlarini va boshqa xodimlarini dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkazishni tashkil etishi shart.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Bilasizmi

🎓Qonunchilikka ko'ra, davlat oliy ta'lim muassasalariga kirishda eng yuqori ball to'plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.

➡️ Bunda, grantda g'olib bo'lgan talabalarga Prezident davlat stipendiyasi tayinlanadi va to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, malakali o'qituvchilar yetarli bo'lgan quyidagi hollarda sinfdagi o'quvchilarni ikki guruhga bo'lib o'qitishga ruxsat etiladi:

🔹o'quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo'lgan umumiy o'rta ta'lim muassasalarining I — XI sinflarida "CHet tili" fani;

🔹ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;

🔹V — XI sinflarda "Informatika va axborot texnologiyalari";

🔹VIII — XI sinflarda "Jismoniy tarbiya";

🔹V — IX sinflarda "Texnologiya";

🔹X-XI sinflarda "Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik" fanlari;

🔹ta'lim tili o'zbek tili bo'lmagan umumiy o'rta ta'lim muassasalarining II — XI sinflarida "O'zbek tili" fani;

🔹ta'lim tili rus tili bo'lmagan umumta'lim muassasalarining II — XI sinflarida "Rus tili" fani.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag' ushlab qolish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o'ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo'lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining oylik ijara to'lovi bir qismini qoplab berish belgilangan.

▶️ Bunda talabgorlarga oylik ijara to'lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat'iy nazar, quyidagi miqdorda to'lanadi.

🔹Toshkent shahrida — BHMning bir baravari (340 ming so'm);
🔹qolgan hududlarda — BHMning yarim baravari (170 ming so'm).

❗️Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo'lishlari shart.

📝 Ariza berish uchun talaba anketa-arizani, ijara shartnomasi nusxasi bilan o'zi ta'lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari yoki OTMining talabalarni turar joy bilan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo'limiga topshirishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Mehnat_huquqlari

🎓 Qonunchilikka ko'ra, ish beruvchi mehnat shartnomasi bo'yicha ishdan ajralmagan holda ta'lim tashkilotlarida o'qitilayotgan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan o'tayotgan, shuningdek ishlab chiqarish ta'limini o'tayotgan xodimlarga ish va o'qishni birga olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.

🗓 Shuningdek, mehnat shartnomasi bo'yicha ishdan ajralmagan holda ta'lim tashkilotlarida tahsil olib, o'quv rejasini bajarayotgan xodimlarga ish joyi bo'yicha o'rtacha ish haqi saqlangan holda o'quv ta'tili, qisqartirilgan ish haftasi hamda mehnat to'g'risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan o'zga kafolatlar beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʻlim #Bilasizmi

🔍 Qonunchilikka ko'ra, O'zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zosi bo'lgan oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalariga o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo'lgan taqdirda ta'lim bo'yicha to'lov kontrakti miqdorining 35 foizi to'lanishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Bilasizmi

📘 Qonunchilikka ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan ota-onalar va o'quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o'qitishni yo'lga qo'yish belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, davlat OTMlari magistratura bosqichiga kontrakt asosida qabul qilingan va ta'lim olayotgan xotin-qizlarning to'lov-kontraktning to'liq summasi byudjetdan qoplab beriladi.

🗓 Buning uchun xotin-qizlar rektor nomiga 15 sentabrgacha ariza berishi kerak.

Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko'rib chiqilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta'lim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshirilishi belgilangan.

🗓 Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab o'quv yili yakuniga qadar davom etishi nazarda titilgan.

📝 Shunga ko'ra, talabalar joriy yilning 1-avgustidan turar joyga joylashish uchun ariza berishlari mumkin.

🌐 Buning uchun talaba davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelib yoki mustaqil ravishda YIDXP (my.gov.uz) orqali onlayn shaklda murojaat qilishi mumkin.

🚫 Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun to'lov undirilmaydi.

⚠️ Ma'lumot uchun, ayrim toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, xalqaro olimpiadalar g'oliblari va ularning o'qituvchilari BHMning quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🔹1-o'rin (oltin medal) uchun — 500 (170 mln so'm), o'qituvchisiga — 450 baravari (153 mln so'm);

🔹2-o'rin (kumush medal) uchun — 300 (102 mln so'm), o'qituvchisiga — 250 baravari (85 mln so'm);

🔹3-o'rin (bronza medal) uchun — 200 (68 mln so'm), o'qituvchisiga — 150 baravari (51 mln so'm).

📌 Shuningdek, xalqaro olimpiadalar g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilar va ta'lim muassasasi direktorlariga navbatdagi o'quv yili uchun direktor (rag'batlantirish) jamg'armasidan oltin, kumush va bronza medallari bo'yicha tegishincha qo'shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama to'lanishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta'lim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshirilishi belgilangan.

🗓 Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab o'quv yili yakuniga qadar davom etishi nazarda titilgan.

📝 Shunga ko'ra, talabalar joriy yilning 1-avgustidan turar joyga joylashish uchun ariza berishlari mumkin.

🌐 Buning uchun talaba davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelib yoki mustaqil ravishda YIDXP (my.gov.uz) orqali onlayn shaklda murojaat qilishi mumkin.

🚫 Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun to'lov undirilmaydi.

⚠️ Ma'lumot uchun, ayrim toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin