Huquqiy axborot | Lotin

#2024_yil_1_oktyabrdan
Channel
News and Media
Education
Politics
Legal
UzbekUzbekistanUzbekistan
Logo of the Telegram channel Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotinPromote
6.14K
subscribers
3.59K
photos
183
videos
7.71K
links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal. ▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot ▪️|Rus tilida — @pravoinf ▪️|Ingliz tilida — @leginf ▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
#2024_yil_1_oktyabrdan

✔️Qonunchilikka ko'ra:

🔹zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlarini import qilishda maxsus turdagi tovarlar importi uchun lisenziya olish talabi bekor qilinadi;

🔹O'zbekiston hududiga olib kiriladigan va zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_oktyabrdan

✔️Qonunchilikka muvofiq, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida:

🔹TIEK xodimlarini ular faoliyati samaradorligining eng muhim ko'rsatkichlari (KPI) bajarilishidan kelib chiqib rag'batlantirish tizimi yo'lga qo'yiladi;

🔹ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKlarning vazifalari va shtat birliklari Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlarga o'tkazgan holda tugatiladi;

🔹joylardagi TIEKlarga pediatr, psixiatr, ftiziatr shtatlari ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_oktyabrdan

🔰 Qonunchilikka ko'ra, ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKlar tomonidan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlik tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_oktyabrdan

🔍 Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va ushbu tizimda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida davlat buyurtmachilari tomonidan to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar ular tuzilishidan oldin kamida 1 ish kuni, shuningdek, tender savdolari natijalariga ko'ra rasmiylashtirilgan bayonnomalar davlat xaridlari maxsus axborot portaliga joylashtirish orqali kamida 2 ish kuni davomida jamoatchilik muhokamasidan o'tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_oktyabrdan

▶️ Qonunchilikka ko'ra, yangi so'yilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi go'shti va qo'shimcha ozuqabop mahsulotlari (butun go'sht, qanot, bel, bo'yin, okorochok, golen, son, qiyma va teri) O'zbekiston hududiga olib kirishda belgilangan bojxona boji bo'yicha berilgan imtiyoz bekor qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_oktyabrdan

🔰 Qonunchilikka ko'ra, respublikaning barcha hududlarida tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko'rsatish tizimini yo'lga qo'yish maqsadida, shoshilinch qabul bo'limlarida tunu kun ishlaydigan birlamchi ko'mak xonalari tashkil etiladi.

📁 Shuningdek, himoya orderi berilgan har bir holatda tazyiq va zo'ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo'lgan shaxsning zo'ravonlik xulq-atvorini o'zgartirish bo'yicha tuzatish dasturi “Inson” markazlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_oktyabrdan

🏢 Qonunchilikka ko'ra, qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilgan holda, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasi orqali rasmiylashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_oktyabrdan

Qonunchilikka ko'ra, ishlab chiqarilgan va chetdan olib kiriladigan xavflilik darajasi yuqori bo'lgan mahsulotlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi joriy etiladi.

📜 Bunda, respublika hududiga olib kirilayotgan mahsulotlar davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnoma bojxona hududiga kelishidan avval “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga va Tashqi savdo operasiyalarining yagona elektron axborot tizimiga import qiluvchi tomonidan joylashtirilishi shart.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin