Huquqiy axborot | Lotin

#2024_yil_1_oktabrdan
Channel
News and Media
Education
Politics
Legal
UzbekUzbekistanUzbekistan
Logo of the Telegram channel Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotinPromote
6.14K
subscribers
3.59K
photos
183
videos
7.71K
links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal. ▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot ▪️|Rus tilida — @pravoinf ▪️|Ingliz tilida — @leginf ▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
#2024_yil_1_oktabrdan

✔️ Qonunchilikka ko'ra:

🔹rekonstruksiya qilinadigan va ta'mirlanadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi nogironligi bo'lgan shaxslarga sharoitlar yaratish bo'yicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan o'tkaziladi;

🔹har yili “Xavfsiz yo'l va xavfsiz piyoda” respublika jamg'armasi mablag'larining kamida 10 foizi chorrahalarda nogironligi bo'lgan shaxslar (piyodalar) uchun xavfsiz va to'siqsiz muhit yaratish bo'yicha qurilish-ta'mirlash va jihozlash ishlariga yo'naltiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_oktabrdan

🔰Qonunchilikka ko'ra:

🔸Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy o'quv markazlarining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida e'lon qilib boradi;

🔸reyting natijalariga ko'ra olis va chekka hududlarda faoliyat ko'rsatuvchi eng yuqori ko'rsatkichga ega 100 ta xususiy o'quv markazining ta'lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to'lovi xarajatlarining bir qismi kompensasiya qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_oktabrdan

✔️ Iste'mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda quyidagi qo'shimcha litsenziya talablari joriy etiladi:

🔹yillik litsenziya to'lovlarini, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni o'z vaqtida to'lash bo'yicha qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilish;

🔹alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda va ularning savdosida sifat talablariga, shuningdek, aksiz markalarini qo'llash hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish;

🔹alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi videokuzatuv vositalarini o'rnatish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin