***
Qachondir suv kelar behizorlarga,
Burungi o‘g‘ridek devordan oshib,
Men senga atrgul, chechak tutarman
Bir bahya tikanlar ketar qonashib.
Bu tong kecha kabi sokin va jim-jit,
Qiqirlab kulasan, tolmaydi labing.
So‘ng uyga qaytasan, shoshib, entikib,
Ibodatga qaytgan kampirlar kabi...
Ko‘nglimni so‘ramay ketasan, ko‘nglim –
Hali qushlar uchib, yetmagan qirg‘oq.
Ilonlar chirmashgan koshonalarga
Mendan sovchi bo‘lib borar qaldirg‘och!
Men senga yetishga ulguray, armon,
O‘tib ketmasaydi umrimning yarmi,
Axir, men yashashga nomus qilarman
Laylak tashlab ketgan baxtlarni!
2024
https://t.center/humoyunfattoh