“TАLАBАLIK DАFTАRI” dan
1. Oʼqishga joʼnayman, yaproqlar
Qochadi men bosgan qadamdan.
(Yashiraman ishqni, chekishni
Yashirganim kabi dadamdan.)
Chinorlar holimni soʼrgani
Qayriladi mengzab jununga.
Men seni ertaroq koʼrgani
Kech qolaman dorilfununga...
2. Sevasan betakror, hayfsiz,
Sevilmoq qulatmas, u – aso.
Koʼzlaringga boqdim aybsiz,
Koʼzlaringga koʼrindim raso.
Tingladim,
soʼzladi botining:
“Ich-ichingdan daf boʼlsin gʼubor –
Goʼzal sheʼrlar yozgin botinib,
Hech kim oʼqimagan
maktublar yubor.”
https://t.center/humoyunfattoh