View in Telegram
*** Dunyoga dil berdim, ayb o‘tdi mendan, Sovurdim ruhimdek ishqni uvollab, Dilim osmon edi, endi osmondan Yog‘ilar javobsiz qolgan savollar - Seni qay taskinlar jim etar, ona, Sen qaysi baxtimdan bo‘lgansan sarxush? Kuylamoq istardim xurram tarona, Betakror nutqimni qaytib bersa qush. Ayt, nega hech kimsa qilolmas mamnun, Ayt, nega og‘riqli o‘tar haftalar? Minglab muxlis bilan pir emasman men, Pir bo‘lib ulgurgan bugun hafsalam. Yashalgan yillardek sekin keldi mung Ko‘zimga, sochilgan ruhimni tashib, Duch kelgan odamga isyon qildimu, Men nega bormadim Xudoga qarshi?! https://t.center/humoyunfattoh
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily