View in Telegram
Sevgi tushunchasini ko'pchilik noto'g'ri anglab olgan ekan, shuni aniqlashtiramiz So'zni o'ziga to'xtalsak. "Sevgi" ot va fe'l bo'la oladi Ot shaklida hissiyot, yoqtirib qolish, ko'ngil isish... degan ma'noni anglatadi Fe'l shaklida qayg'urmoq, g'amxo'rlik qilmoq, suymoq, tinglamoq, asramoq... ma'nolarini anglatadi Ot shakli — bu his qilish (hissiyot) Fe'l — harakat Misol bilan tushuntiraman: • Kimnidir ko'rdingiz va qalbingizda nimadir jiz etdi. Asosan chiroyliligi uchun. Chunki, biz odamlar chiroyli narsalarga muhabbatli qilib yaratilganmiz. Aytaylik o'sha chiroyli qiz qalbingizga kirib qoldi. U haqida o'ylayapsiz, uning suratini hayolingizda tasavvur qilyapsiz va ho.k.z. Bu narsa hissiyot. Ingliz tilida infatuation deyiladi. Deylik, u qizga sovchi qo'ydingiz, u rozi bo'ldi va to'y qildinglar. Haligi his (ot) harakatga aylanmagunicha (fe'l) turmush turmushga, hayot hayotga aylanmaydi Ba'zida biz o'z kuchimizga ishonmaymiz. Tashqi tomondan bizga ko'ringan narsaga oson bog'lanib, o'zimizni boshqarishga kuch topish tugul, nima uchun boshqarishimiz kerakligiga sabab topolmaymiz Bu sevgi tushunchasi bolalarni kuchsiz, hammiyatsiz, latta holatga olib kelib qo'yadi. Musiqa va kino sanoati shu so'zning "ot" shakli ustiga qurilgan. Odamlar boshqa yo'l yo'q deb o'ylashadi Yoki boshqachasiga qo'shiqlarda "Hayotimga so'ramay kirding" yoki "meni qo'limdamas kimni sevib qolishim" deyishadi Liberal yoki o'zini zamonaviyman deb ataydiganlar avvalgilar haqida gap ketganda "ular qizni/yigitni ko'rmay turmush qurib ketaverishgan" deb kulishadi, tanqid qilishadi Lekin ular bilishmaydiki ular sevgining asosiy elementi bo'lgan "fe'l" bilan hayot kechirishgan Gapimni negizi shu, boshidagi his (ot shakli) tabiiy ravishda talab qilingan harakat (fe'l) natijasidan kelib chiqadigan hissiyot Ya'ni, siz avval sevib qolganingiz (hech nima qilmasdan) notabiiy va nosog'lom yo'l hisoblanadi. To'g'ri yo'l deb olsak ham, "ot" ning o'zi bilan zo'r, muhabbatli turmush barpo bo'lmaydi. Lekin, fe'lning o'zi bilan bo'ladi Men shunga ishonaman, biz insonlar xohlagan odamimizni yaxshi ko'ra olamiz. Xohlagan odamimizni seva olamiz. Xohlagan odamimizda boshqalar unda ko'rmagan narsalarni kashf qila olamiz Ongsiz kabi tashqi go'zalliklarga aldanib, "qilma" degan ishni qilib, g'alati qo'shiqlarni eshitib yurishimiz to'g'ri emas! Biz vaziyatni baholay olamiz! Bizga romantizatsiya qilingan narsaga "ha shunaqa ekan" deb qo'shilib ketavermasligimiz kerak Biror qizni tashqi ko'rinishiga qarab yoqtirib qolsangiz sizda tanlash imkoni bo'ladi. Ya'ni uni seva olishni yoki seva olmasligingizni belgilab, javobgarlikni qo'lingizga ola olasiz Buni men menga singdirilgan "go'zallik" ifodasini aksini ko'rganimda kengroq tushunib yetdim Bizni nazarimizda "chiroyli" deyilmaydigan odamlarni sevadigan (fe'l) odamlar bor. Eng asosiysi ularda harakat natijasida shakllangan ot shakli ham bo'ladi. Chunki bu tabiiy jarayon Boshqachasiga ingliz tilida “You always gain by giving love” Xullas, chalg'imang, qo'rqmang! Bizda kimni sevishga tanlov bor! Muhabbat ilohiy tuyg'u, shunday tuyg'uki u harakat natijasida paydo bo'ladi, bir ko'rishda emas @hikoyachii
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily