View in Telegram
Oxirgi vaqtlarda ovozi ozgina balandroq chiqayotgan jurnalist, bloger va tahlilchilar borki, g’amxo’rlari ko’payib qoldi. Bir necha kun avval siyosatshunos Hamid Sodiq “mahalla raisligi uchun” hujjatlari obdon o’rganilayotganidan xabar topganini yozgandi. Kecha Abdurahmon Tashanov o’ziga, oilasiga nisbatan kuchaygan trollar hujumi haqida ma’lum qildi. Bugun xabar keldiki, mening ham qishloqda nechta chorvam borligidan tortib, uyimizdan qancha chiqindi chiqishigacha surishtirishayotgan ekan. Odatda bunday surishtiruvlarga o’rganib ketganman. Sababi, jamiyatga otni qashqasidek ma’lum kasbim orqali imkon qadar oila tebratib yurgan oddaman. Chetdan pul olmayman, ikkinchi xotinim yo’q, orientatsiyam ham tog’ri, shukr. Ammo uydan chiqadigan kartoshka, piyozingizni chiqindisigacha surishtirisharkan, bu endi haddan oshish. O’rtoqlar, qo’yinglar endi bunday sxemalarni. Agar sizlarga firibgar, odam og’risi, poraxo’r kerak bo’lsa, ana, OAVni kuzatmaysizmi, har kuni qanchasi haqida xabarlar beriladi-yu, qanchasi jazosiz qolyapti. Surishtiring piyoz po’chog’igacha o’shalarning. Gaplashish, muhokama qilish mumkin emas ekan, nima qilasiz har xil dasturlarni muhokamaga qo’yib?! @haqiqatdaIlyos
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily