MENING SAVOLLARIM
- Dada, ko'zingizda qotgan nima u?
- Umrimga sig'magan bir tutam orzu.
- Dadajon, nima u dunyoda boqiy?
- Hijrondan oqargan sochlarning oqi.
- Nega hayqirmaysiz bahorga boqib?
- Axir gullar ketar kunlarga oqib.
- Nega g'iybatlarni siz yengasiz jim?
- G'olibdir tilini yenga olsa kim.
- Sizni to'lg'ontirar nimaning jabri?
- Qishloq chetidagi onamning qabri...
- Dada, ko'ksingizda ne dard yashirin?
- Ko'zlar yeb bormoqda meni kun sayin.
- Dadajon, nima u tasavvurda baxt?
- Azoblari gulga aylangan daraxt!
- Ko'ksingizda borga o'xshaydi bir o'q?
- Bu sirni hech kimga aytolmayman, yo'q!...
- Qachon yengolmaysiz ko'zdagi yoshni?
- Bulutlar ustidan kulsa quyoshni .
- Qachon quvonchniki bo'lasiz butun?
- Qishloqqa sen shoir bo'lib qaytgan kun...
@halima_ahmad