View in Telegram
Yangi yil oldidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda Yurtimizda hamisha o‘zaro mehr-oqibat, saxovat, azaliy qadriyatlarimizni e’zozlash kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar ulug‘lanib kelingan. Ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, ehtiyojmanda oilalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Guliston tumanida sektor rahbarlari boshchiligida, tuman hokimining o'rinbosarlari, tuman tashkilot rahbarlari ishtirokida tumandagi ehtiyojmand oilalar holidan bayram oldi xabar olindi. Jumladan, tuman hududidagi mahallalarda nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 300 nafardan ziyod oilalarga bayram tuhfasi sifatida oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Albatta yiqilganni suyash va ko'maklashish, o‘zaro mehr-oqibat, saxovat, azaliy qadriyatlarimizdan biri sanalib kelingan. Zero, yaxshilik va ezgulik xalqimizga xos ezgu fazilatdir. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily