Baʼzida yo‘l juda uzoqdek tuyuladi — yuraging siqiladi. Baʼzida esa yo‘l yaqinginadek — yurak entikadi. Biroq shunday bir palla bo‘ladiki, yo‘lning na uzoqligi, na yaqinligi qiziq emas. Ayni holating muhim ekanini anglaysan. Navoiy bobomning bu xususida go‘zal bayti bor:
"Yo‘l yaqin-u yirog‘idan yema g‘am
Bismillo, degil-u, qo‘yg‘il qadam".
Shunaqa