#kitobdan "Dunyoda eng koʻp tarqalgan fikr : har bir kishining oʻziga xos maʼlum bir xususiyati boʻladi, xushfeʼl, aqlli, ahmoq, gʻayratli, yalqov odam boʻladi va hokazo degan fikrdir. Lekin odamlar bunaqa boʻlmaydi. Biz odam haqida u koʻpincha badjahl emas, xushfeʼl boʻladi, koʻpincha ahmoq emas, aqlli, yalqov emas, gʻayratli yoki aksincha boʻladi, deyishimiz mumkin; lekin bir odamni agarda, u xushfeʼl yoinki aqlli, desang-u, boshqa birini jahldor yoki ahmoq desak, notoʻgʻri gapirgan boʻlamiz. Biz boʻlsak, doimo odamlarni shunday ajratamiz. Bu notoʻgʻri.
Odamlar daryodek gap : hammasining suvi bir xil, hamma joyda oʻsha suv, lekin daryo goh keng boʻladi, goh tor, goh tez oqadi, goh sekin, suvi goh tiniq boʻladi, goh loyqa, goh sovuq, goh iliq. Odamlar ham shunday. Har bir odamda hamma insoniy xususiyatlarning kurtagi boʻladi. Odam shu xususiyatlarning goh birini, goh boshqasini namoyon qiladi, baʼzan oʻsha odamning oʻzi butunlay oʻzgarib ketadi"
- Tirilish, L. Tolstoy.@elizabets_library