#nazm
***
Bu odamlar yolgʻonchi dedim,
Bilmas edim kelmasligingni…
Moychechakning soʻnggi yaprogʻi,
Aytgan edi sevmasligingni…
Ishonmadim, barglarin yuldim,
U ishqimni ayamagandi…
Ming afsuski soʻnggida bildim,
Moychechaklar aldamagandi…
Qoʻllarimda soʻnggi yaprogʻi,
Uzurimni olmaydi ular…
Mening kabi bir uzr bilan,
Tirik boʻlib qolmaydi ular…
@elizabets_library