View in Telegram
​​#bookreview Erix Mariya Remark - Qora haykal Asarda ikki urushning oraligʻi tasvirlangan : bir urushni koʻrgan va ikkinchi urushning ostonasida turgan qahramonlar hayoti yoritilgan. Asar qabrtosh yodgorliklari tayyorlash bilan shugʻullanuvchi Lyudvig Bodmer tilidan hikoya qilinadi.  Asarda Birinchi jahon urushidan keyingi nemislarning ogʻir hayoti haqida soʻz boradi. Ishsizlik, inflyatsiyaning shiddat bilan oʻsishi ularning hayotini naqadar qiyinlashtirib yuborgan. Kundan kunga  ruhiy nosogʻlomlarning sonini keskin ortishi, oʻz joniga qasd qilishning avj olishi, ocharchilik - bularning bari  kelajakka nisbatan umidi yoʻq millatni tashkil etadi.  Lekin baribir shunday vaziyatda ham odamlar hayot uchun kurashadilar. Asarning bosh qahramoni Lyudvig  tez-tez oʻz-oʻziga va boshqalarga " Nega bu hayotga keldik? Nega Xudo bizni yaratdi? Nima uchun yashashimiz kerak?" kabi savollarni berib, inson mavjudligining mohiyati nimada, degan savolga javob izlaydi.  Bunday savollarning javobi qiyin. Ayniqsa, urush sababli yoʻqotilgan avlod vakili boʻlgan bu qahramon uchun javobni topish ikki karra qiyinroq. Asar faqatgina urushni  emas, turli mavzular qamrab oladi, ular shunday mavzularki ayni oʻsha davr emas, bilaks, butunlay barcha davrga aloqador : kecha, bugun, erta. Shu sababli ham asarni yakunlab boʻlganimizdan soʻng, xuddi bir hayotni yashab qoʻygandek his qilamiz. "..Hozir ellik olti yoshdaman, – davom etdi Rizenfeld. – Shunga qaramay, yigirma yoshli davrimni judayam yaxshi eslayman. Xuddi oradan atigi bir necha yil oʻtgandek. Shuncha muddat qayerga ketdi? Nimalar roʻy beryapti? Tonglarning birida uyqudan koʻz ochasan-u, qariyaga aylanib qolganingni koʻrasan. Siz buni qanday his qilasiz, janob Krol? – Taxminan, siz aytganingizdek, – doʻstona javob qildi Georg. – Hozir qirq yoshimda oʻzimni oltmish yoshli qariyadek his qilaman. Bunga esa urush aybdor " Kitob shunday mahorat bilan yozilganki, siz oʻsha davrga tushib, oʻsha insonlar orasida yashab, ular kabi qiyinchiliklarni boshingizdan oʻtkazasiz, oʻzingizni xuddi urush qatnashchisidek his qilasiz va undagi hissiyotlar ham sizni qamrab oladi. Hayotga qandaydir boshqacha orziqish bilan qaraysiz, lekin hech qanday gʻalayon sizni qiynamaydi.  Chuqur sokinlik sizni qamrab oladi. Asar soʻngida urush hamma narsani bardob etganini guvohi boʻlasiz va tushunasizki,  hayot qay tarzda boʻlmasin, baribir davom etadi : hayot qiyinchiliklari odamni ezib yuborsa-da, odamlar tugʻilaveradi, yashaydi, hayotni sevaveradi.. "...Hamma narsa barbod boʻlgan va qayta qurilgan. Avvalgi holatdan asar ham yoʻq. Xotirang puchmoqlarida, loaqal, birgina nishon saqlab qolish uchun qutlovxat sotib olishdan boshqa chorang qolmaydi. Atigi ikkita bino hech bir ziyonsiz saqlanib qoldi — ruhiy kasallar shifoxonasi va tugʻuruqxona. Chunki ular shahar chetida joylashgandi. Urushdan keyin ular birdagina toʻlib ketdi, hozir ham toʻla. Hatto joylar sonini koʻpaytirishga toʻgʻri keldi..." @elizabets_library
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily