Eksportchi korxonalar faoliyati davlat e’tiborida
Farg‘ona viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Eldor Tursunkulov viloyatimizdagi yirik eksportchi korxonalar rahbarlariga tashakkurnomalar topshirdi.
"Tinchlik Meva Eksport","Quva Agro Umid","Jetoni","Sher Nur Logistika","Asqarov Abdumalik Abdusattarovich" hamda "Valley Frukland" korxonalari rahbarlariga yurtimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, mamlakatimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish borasidagi katta xizmatlari, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ish o‘rinlarini yaratish, aholi farovonligini ta’minlashga qo‘shgan munosib hissalari uchun tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
🟦Telegram I 🟦Instagram I
🟦Facebook I 🟦You tube I