BOJXONADAN YANGILIKXabaringiz bor, 26 yanvar – bojxona xizmati organlari xodimlari kuni!Shu boisdan bugun butunlay yangidan qurilgan
“Navoiy” chegara bojxona postida
“Xalqaro press klub”ning sayyor sessiyasi tasvirga olindi.
Ushbu
“Xalqaro press klub”ning sayyor sessiyasida
O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi Boshqaruv raisi
Yorqin Malikov, rais maslahatchisi
Bobur Rasulov va uyushmaning boshqa mas’ul xodimlari ham ishtirok etdi.
Davlatimiz Rahbarining nafaqat qo‘shni davlatlar yoki mintaqa, balki dunyo bo‘ylab faol olib borayotgan do‘stona tashqi siyosati mamlakatimiz bojxona chegaralari orqali yo‘lovchilar, tovar va transport vositalari harakatini karrasiga oshirmoqda.
O‘zbekistonda so‘nggi 8 yilda chegara bojxona postlari orqali harakatlangan yuk avtotransport vositalarining soni 4,5 barobarga oshdi. 2024 yilda bojxona postlari orqali harakatlangan yukli avtotransport vositalari 1,4
mln.ga yetdi. Bu raqam 2017 yilda 309 mingga ham yetmasdi.
O‘tgan yilning o‘zida chegara bojxona postlari orqali harakatlangan yo‘lovchilar 41,2 mln nafardan oshdi.
Bu shunchaki raqam emas, balki mamlakatda tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘lami oshganidan dalolat beradi.
Bundan 8 yil avval O‘zbekistonda 10 ming nafar atrofida eksportyor-importyor bo‘lgan bo‘lsa, bu raqam hozirda 30 mingdan oshdi. Bugungi “Xalkaro press klub”da ayni masalalar turli vazirlik va idoralar vakillari, tadbirkorlar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. X
ususan, Eksportchilar uyushmasi Boshqaruv raisi Yorqin Malikov ushbu chegara bojxona postining ochilishi O‘zbekistonning eksport salohiyatiga katta hissa qo‘shishi haqida fikr bildirib o‘tdi.
🟦Telegram I 🟦Instagram I
🟦Facebook I 🟦You tube I