#Jarayon
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida davlat tili talablariga rioya etish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2024-yil 14-oktabrda o‘tkazilgan rayosat majlisining 171-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida reja asosida tuman hokimligi tizimi va hududda faoliyat yurituvchi tashkilotlarda “Davlat tili haqida”gi qonun ijrosini o‘rganish va tanqidiy ko‘rib chiqish belgilangan.
Navbatdagi o'rganish hududda joylashgan 32-sonli umumtaʼlim maktabida o'tkazildi.
O‘rganish jarayonida taʼlim muassasa rahbarlari, xodimlarining ish rejalari, meʼyoriy hujjatlari, tashqi va ichki targ‘ibot vositalari o‘rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Kanalga ulanish 👉https://t.center/dtrdepBizning manzilVeb-sahifa | Telegram | Facebook