#bilib_oling“XOBBI”NING OʻZBEKCHASI YOʻQMIDI?
❓ Shunisi aniqki, “xobbi”ni hamma “xobbi” deydi. Hatto, ikki jildlik
“Ruscha-oʻzbekcha” lugʻatda ham u “xobbi” deb “tarjima” qilinib, qavs ichida:
“Asosiy ishidan boshqa biror narsaga qiziqish, sevgan mashgʻuloti” (
Ruscha-oʻzbekcha lugʻat. Ikki tomli. T. 2. ‒ Toshkent: oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh redaksiyasi, 1984. ‒ B. 689).
✔️Nima, ruscha terminlar kirib kelgunicha odamlarimizning “xobbi”si boʻlmaganmi? Boʻlgan. Bor.
Navoiy shatranj oʻynamaganmi, soz chalmaganmi?!
✔️Faqat biz oʻzbekchasini topib, joy-joyiga qoʻymaganmiz. Ishlatilavermasa, soʻz nofaol (passiv), timsoliy qilib aytilsa, dangasa boʻlib qoladi.
✔️Oʻzbekiston xalq shoiri Jamol Kamol
“Anvarmirzo hikoyatlari” kitobida “xobbi” ning sof oʻzbekchasini topib, juda oʻrnida ishlatgan:
Bir ajoyib
koʻngilxushi yamoqchiga yor edi,
Uning yetti bedanasi, uch bulbuli bor edi (B. 270).
Yana:
Uchinchisi ‒ oʻziga bir
koʻngilxushi saylasin
Va oʻshanga mashgʻul boʻlib, koʻnglini shod aylasin (B. 271).
✔️Marhamat, bundan keyin hammamiz “xobbi” emas,
“koʻngilxushi” deyaveraylik! Aytaversak, faollashib, korimizga yarab qoladi.
✔️Axir, pichoqni ham ishlatmay qoʻysak, zanglaydi-ku. Tappa-tayyor ish qurolimizni zang bostirib, zarur boʻlib qolganida qoʻshnidan soʻrab yurmaylik!
✍️Sultonmurod OLIM,
Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzosi.
Kanalga ulanish
👉 https://t.center/dtrdepBizning manzil:
Veb-sahifa |
Telegram |
Facebook