#Allomalar #ilmiy_tadqiqot
BADRUDDIN AYNIYNING MAʼNAVIY MEROSI VA HADIS ILMIGA OID ASARLARI TAHLILI
Badruddin Ayniy mamluklar davrining koʻzga koʻringan katta alloma, muhaddis va faqihlaridan biri boʻlgan. U Markaziy Osiyo diyori hanafiy fiqhida maʼlum va mashhur boʻlgan “Hidoya” kitobini sharhlash bilan bir qatorda, Imom Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” asariga ham nihoyatda mukammal sharh yozgan. Alloma faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari va tasnif etgan asarlari ayniqsa, Movarounnahr allomalarining qalamiga mansub asarlardan tahsil olib, keyinchalik ularga yozgan sharh va hoshiyalari bilan islom dini rivojiga qoʻshgan hissasi hanafiy olimlari tomonidan yuksak baholanadi.
Badruddin Ayniy yashab, faoliyat yuritgan davr – Misr va Shom diyorlarida hukmronlik qilgan mamluklar davriga (1250-1517) toʻgʻri keladi. Mazkur davrda Misrdagi ijtimoiy-siyosiy, diniy, iqtisodiy, davlatchilik, maʼmuriy va boshqa koʻrinishdagi masalalar: Ibn Asir, Maqriziy, Ibn Xaldun, Ibn Hajar Asqaloniy, Badruddin Ayniy, Zohiriy, Ibn Tagʻriberdi, Abdurahmon Saxoviy, Jaloliddin Suyutiy kabi Oʻrta asr olimlari tomonidan yaratilgan asarlarda oʻz aksini topgan. Ular orqali siyosiy, diniy-ijtimoiy muhiti va mamlakatda roʻy bergan koʻplab voqea-hodisalar haqida maʼlumotlarga ega boʻlish mumkin...
Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=39773&lang=oz📝 Кирилл алифбосида ўқинг
Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.center/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35🫥https://taplink.cc/bukhariuz