#Allomalar #ilmiy_tadqiqot
IMOM DORIMIYNING MOVAROUNNAHR HADIS ILMI RIVOJIDA TUTGAN OʻRNI
Bugungi kunda inson ruhiy-maʼnaviy kamolotining ilmiy manbai boʻlgan hadisshunoslik faniga qiziqish tobora ortmoqda. Bunda keyingi yillarda islom ilmlarining oltin davrida yashab ijod qilgan allomalar merosini oʻrganishga keng yoʻl ochilgani muhim omil boʻlmoqda. Shu bois boʻlsa kerak, xalqimizning hozirgi taraqqiyot bosqichida oʻsha davr allomalarining asarlarida nozik nuqtalar bilan ifodalangan durdonalarni oʻrganish tadqiqotchilarning muhim vazifalaridan biriga aylandi. Bunday yuksak ilm sohiblari orasida Movarounnahrda yashab ijod etgan yetuk muhaddis alloma, tafsir, hadis kabi fanlarning asoschilaridan biri Imom Dorimiy alohida oʻrin tutadi. Uning shoh asari boʻlmish “Sunan” faqat nodir meros emas, balki “Kutubi tisʼa”, yaʼni “Toʻqqiz kitob” deb ataluvchi eng ishonchli hadis toʻplamlaridan biri sifatida gʻoyat qadrlidir...
Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=39546&lang=oz
📝 Кирилл алифбосида ўқинг
Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.center/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz