š„Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro
I.Q (
erkak) ning murojaati kelib tushdi.
āļøOāz murojaatida
I.Q oilaviy kelishmovchiliklar sababli turmush oārtogāi F.T bilan birga yashamayotganligini, hozirda turmush oārtogāi tomonidan voyaga yetmagan farzandi
Z.D ga (
2009 yilda tugāilgan, qiz bola) nisbatan bir necha marotaba jismoniy zoāravonlik qilinib, t
an jarohati yetkazilganligini bildirgan.
Aniqlanishicha, ona avval ham qiziga tan jarohati yetkazganligi uchun
maāmuriy javobgarlikka tortilgan.
Ammo bunga qaramay zoāravonlik yana davom etayotganligi bildirib, ota farzandining huquqlarini himoya qilishni va turmush oārtogāi
F.T ga nisbatan qonuniy chora koārishni soāragan.
ā
Mazkur holat
Bolalar ombudsmani soārovi asosida Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan oārganilib, Termiz shahar IIB tomonidan oātkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida (
sud tibbiyot ekspertizasi hulosasi asosida) ayol voyaga yetmagan farzandini
urib, tan jarohati yetkazganligi aniqlandi.
šJoriy yilning 19 dekabr kuni ayolga Jinoyat Kodeksining
126 - modda 1-bandi bilan jinoyat ishi qoāzgāatilib, hozirda
dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani holat yuzasidan oāz kuzatuvini davom ettiradi.
Bu borada qoāshimcha maālumot beriladi.ā
Telegram|Facebook|Instagram