View in Telegram
O‘zbekistonda eng ko‘p sotiladigan mahalliy avtomobillar ma’lum bo‘ldi O‘zavtosanoat mahalliy avtomobilsozlik bo‘yicha statistika e’lon qildi. Unga ko’ra, yil boshidan beri O‘zbekistonda umumiy 303 373 ta avtomobil sotilibdi. ☯️Ko‘rinib turibdiki, UzAuto Motors bozorning asosiy o‘yinchisi bo‘lib qolmoqda. 271 221 dona avtomobil sotuvi bilan kompaniya avtosanoatning 89,4 foiz ulushini egallamoqda. Eng ko‘p sotilgan model – Cobalt, dastlabki 9 oyda undan 99 577 dona sotilgan. ☯️ Keyingi o‘rinda ADM Jizzakh kompaniyasi. U Kia, Chery, Haval va Hyundai kabi xalqaro brendlarning avtomobillarini O‘zbekistonda yig‘adi.  Ushbu kompaniya 6,5 foiz bozor ulushiga ega bo‘lib, yanvardan sentyabrgacha 19 766 dona avtomobil sotibdi. Ularning eng xaridorgir brendi Kia bo‘lgan (12 549 ta avtomobil). Ular orasida eng ko‘p sotilgani Kia Sonet (3 360 ta). ️☯️ Uchinchi o‘rinni BYD Uzbekistan Factory egalladi, u o‘tgan 9 oyda 11 580 ta elektromobil sotgan. Bu kompaniyaga bozorning 3,8 foizini egallash imkonini berdi. Ularning eng ko‘p sotilgan modeli – BYD Song Plus Champion (4 668 ta). ️☯️ Keyingi o‘rinlarda Jizzakh Avto, Asaka Motors va SamAuto joylashgan, ularning har biri 0,1 foiz ulushga ega. Asosiy brendlari – Jetta by Volkswagen, Exeed, Isuzu D-Max. Yanada batafsil ma’lumotlar rasmlarda berilgan. P.s: Bu yerda faqat O‘zbekistonda yig‘ilgan yoki ishlab chiqarilgan avtomobillar haqida so‘z yuritilmoqda. Masalan, dilerlar yoki avtomobil egalari tomonidan import qilingan BYD yoki Kia hisobga olinmagan. Tez orada avtomobil bozorida nimalar bo‘layotgani haqida ma’lumot to‘plashga harakat qilamiz. Bu to‘liq tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradi. @beshtorr #avto #bozor #kompaniyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram Center
Telegram Center
Channel