Hamster Kombat "easy money" bo‘lmasligini ko‘rsatib berdi
Bu hafta xalqaro birjalarda
Hamster Kombat tokeni bilan savdolar boshlandi.
Dastlab vaziyat nisbatan yaxshi edi (masalan, Binance’da HMSTR
$0,013 edi), ammo keyin narxlar keskin pasayib ketdi.
Hozirda token
$0,006 dan savdo qilinmoqda. Bu taxminan
86 so‘m atrofida.
Agar barcha ishtirokchilar
100 000 tadan ortiq token olganida, narxni yomon emas desa ham bo‘lardi.
Ammo bu uchun millionlab dollarlik likvidlik kerak, u esa yo‘q. Shuning uchun ko‘pchilik
5 000 tadan kam token oldi.
Natijada bir necha oy davomida topshiriqlarni bajarish, reklamalarni ko‘rish va boshqa faoliyatlar
$15-25 daromad keltirdi.
Biroq O‘zbekistonda buni ham olishning iloji yo‘q
Token — bu kriptoaktiv, uni faqat mahalliy kripto-birja va mahalliy kripto-do‘konlarda sotib olish va sotishga ruxsat beriladi. U yerda esa HMSTR yo‘q. Paydo bo‘lishi ham ehtimoldan uzoq.
Boshqa barcha usullar noqonuniy.
Firibgarlar faollashdi
Bizda Hamster Kombat juda ommalashgan —
O‘zbekiston unga eng yuqori qiziqish qayd etilgan uch mamlakat
orasida (qolgan ikkitasi Nigeriya va Rossiya. Juda ramziy).
Shuning uchun hozir
"Biz hamsterlarni sotib olishga tayyormiz. Har biri uchun 1 dollar. Faqat kartangiz raqamlari va SMS orqali keladigan kodni yuborishingiz kerak", deydigan odamlar paydo bo‘lgani ajablanarli emas.
Bu usul bilan "xaridorlar" shunchaki pulni o‘g‘irlab, g‘oyib bo‘lishlarini aytish ortiqcha.
Revolyutsiya yuz bermadi
Pavel Durov Hamster Kombatni
targ‘ib qilganda, bu blokcheyn va mini-ilovalarning yangi davri boshlanishi ekanligini aytgan edi.
Ammo aksincha bo‘lganga o‘xshaydi — juda ko‘p odamlar hech bo‘lmaganda $100 topishga umid qilishgani uchun hafsalalari pir bo‘ldi.
Biroq bu vaziyatning ijobiy tomoni ham bor — u "easy money" bo‘lmasligini yaqqol ko‘rsatib berdi.
Shunisiga ham rahmat.
Foto: Reuters
@beshtorr
#vaziyat