Xato
Kuzatmoq vajida kelarman har kun
Oʻzimni yangi bor azoblash uchun...
Yoʻqotgan baxtimga qayta boqarman
Yarador yuragim bir tirnash uchun
Imkon berildi-ya, nega yoʻqotdim!
Yolgʻon havaslarga nega ham uchdim...
Ozgina qolganda soʻnggida qaytib.
Nafsimga aldanib, men ahmoq kechdim.
Endi u yoʻq! Men esa tubsiz darddaman...
Qani vaqtim qaytsa ortga! puch umiddaman
Har kun bagʻrim tigʻlar alam, dilim burdaman...
Nafsimga aldanib niyatdan kechdim
Goʻzal niyat ila boshlangandi ish
Goʻzal kechgan edi, bir necha tashvish
Lekin soʻnggi qadam...qaytdiku xohish...
Nafsimga aldanib, niyatdan kechdim
Masalai dunyo boʻlsa, qilmasdim parvo
Axir bu Robbim uchun edi musaffo!
Men esa azmimga qilmayin vafo...
Nafsimga aldanib, niyatdan kechdim
Bilarman, taqdirdir boshda bari ish
Barida xayr bor, kerakmas tashvish
Lekin aybing sabab boʻlsa yoʻqotish
Oʻzingni kechirmoq qiyin boʻlarkan...
Endi bunday imkonni qaydan topayin!...
Koʻpchilikka bu hatto orzu boʻlmayin
Men esa neʼmatga shukr qilmayin...
Noyob imkonimdan men ahmoq kechdim
Har xursandlik yetganda eslarman uni
Har gʻamginlik kelganda qoʻmsarman uni
Allohim, bu darddan qutqargin meni!
Xatoim yuvmoqqa ber yangi imkon...
Ey Alloh, kechirgin, oʻtgin gunohim
Axir sensan har lahza, yolg'iz panohim
Duoyim qabul et, eshitgin ohim!
Loyiq bo'lmasam-da, bergin yangi bor...
Kuzatmoq vajida kelarman har kun
Oʻzimni yangi bor azoblash uchun...
(
Barcha qismlar)
@AzizbekZubaydullayev