Ta’mirlash ishlari yakunlandi
Bugun xabar berganimizdek, "Milliy elektr tarmoqlari" Surxondaryo filiali tasarrufidagi “Gulcha-220” podstansiyasidagi quvvati 63 000 kVA bo‘lgan AT-1 da yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish maqsadida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi.
Ushbu podstansiya orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi hududlarga muqobil tarmoqlar orqali elektr ta’minoti uzatilib turildi.
Hozirda quvvati 63 000 kVA bo‘lgan AT-1ni tarmoqqa ulash ishlari bajarilmoqda.
Foto: Ish jarayonidan mobil tasvirlarSurxondaryo viloyati hokimligi navbatchilik shtabiSurxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram| YouTube |X