в последнее время часто слышу «узбекча гапиринг», поэтому:
O‘zbekistonda spotterlar sarguzashtlari davom etmoqda! Bir oz oddiy manipulyatsiya orqali aeroport devorida yangi foto va video olishni taqiqlovchi belgi topdik.
Bu safar taqiqlovchi belgi Fayzobod tomonidagi aeropotning devorida joylashgan. Xuddi “Polevoy” tarafidagi belgining o‘zi. Ha-ha, o’sha bizga tanilgan eski yozuv (matndagi hatosi ham joyda).
Bunga Javlonbek Oybekovichning (Umarxo‘jaev) xabarlari bormi ekan? Axir Javlonbek Oybekovich omma va OAV oldida barcha taqiqlovchi belgilar aeroport devorining tashqarisidan olib tashlanadi deb va’da bergan edilar. Xozir bu populizmmi, yoki sabotajmi? Savol ochiq qolmoqda.
U mayli ku, xech bo’lmasa, Fayzobod tomonidagi devorga nazar tushgan bo’lsa, keling 20 yil oldin o‘sha yerda “O‘zbekiston Havo Yo‘llari”ning Yak-40 havo kemasi halokatga uchragan. Bortdagi barcha 37 odam halok bo‘lgan. Balki ularning qurboniga bag’ishlangan yodgorlik belgi o’rnatish ham lozim bo’lar? Hech bo’lmasa odamlar duo qilar.
Lekin mayli, aviablogerni kim eshitardi? O’sha yerda nafas olishga ruxsat borligiga raxmat ayt, degandur sizlar.
Aytgancha… Fayzobodda — aholi zich joylashgan hududda nafas olish haqida gaplashsak…
Havo kemalardan chiqadigan chiqindilar — bu aeroportning yaqinida yashovchi aholiga kattakon “atalgan salom”.
Albatta, ba’zilar: “Bu shunchaki samolyotlar, nimadan qo‘rqish kerak?” deyishingiz mumkin.
To‘g‘ri, sog‘liq uchun xavfni hisobga olmasangiz, hech qanday muammo yo‘q. Ammo, masalan, ultranozik zarrachalar (UFP) yuqori qon bosimi, diabet yoki hatto demensiyani keltirib chiqarishi mumkin. Masalan Evropada 280 mingta yuqori bosim va 330 mingta diabet tashxislar aeroport atrofidagi chiqindilar bilan bog‘liq deb hisoblanmoqda.
AQShda esa: har yili aviatsion chiqindilar 16 000ta erta o‘lim holatiga sabab bo‘ladi. “Yanada ekologik” samolyotlar g‘oyasiga ishonasizmi? Unuting! Ular PM2.5 kabi mayda zarrachalarning chiqishini kamaytirishi mumkin, lekin NO₂ — ya’ni astmani kuchaytiradigan va boshqa “yoqimli” sog‘liq muammolarini keltirib chiqaradigan azot oksidi — hech qanday kamayish yo‘q.
Shimoliy Karolina universiteti va Garvard tadqiqotchilari shuni tasdiqladiki, “yashil tashabbuslar” NO₂ uchun “gitara”. Ya’ni u tashabuslar NO₂-ga qarshi chiqolmaydi. Shunday qilib, sog‘lig‘ingizga qo‘shimcha muammolarni istasangiz, aeroportga yaqinroq joyga ko‘chib oling — bu bilan hech qachon zerikmaysiz.
Aytgancha 2.0: “ekologik” alternativ aviatsiya yoqilg‘ilarini ham unutmaslik kerak. Ular, albatta, PM2.5 zarrachalaridan keladigan zararni 18% ga kamaytirishi mumkin, ammo NO₂ dan baribir qutulmaysiz.
@aviaspotter