#Nizomiy
#Layli_va_Majnun
XIII
Navfal ikkinchi marta hujum qilganda Layli qabilasi tang ahvolda qolib, oxiri Laylining otasi uning oldiga keladi. Agar qizini Navfal oʻziga soʻrasa, mamnuniyat bilan berishini, lekin Majnunga uzatib butun arab qavmiga sharmanda boʻlgandan koʻra qizini oʻldirishni afzal bilishini va agar Navfal bu gaplarga parvo qilmasa-yu urushishda davom etsa, hozir boriboq qizini qatl qilajagini aytadi. Navfal otaning bu mulzam holi, iztirobini koʻrib, unga rahmi keladi, bir yoqasi Layli bekordan-bekor oʻlib ketishini ham istamaydi va urushni toʻxtatadi.