#davomi
Jang shiddatli tus olgan bir paytda:
Ҳар кас ба масоф дар саворӣ,
Маҷнун ба ҳисоби жонсупорӣ.
Ҳар кас фарасе ба ҷанг меронд,
Ӯ ҷумла дуои сулҳ мехонд.
Ҳар кас талале ба теғ мекушт,
Ӯ хештан аз дареғ мекушт.
Мекард чу ҳоҷиён тавофе,
Ангехта сулҳе аз масофе.
Гар шарм наёмадеш, чун меғ
Бар лашкари хештан зади теғ.
Гар таъназанон маъоф кардӣ,
Бо мавкаби хеш масоф кардӣ...
... Аз қавми вай ар саре фитодӣ,
Бар дасти буранда бўс додӣ.
В-он кушта, ки буд зи хайли ёраш,
Мешуст ба чашми селбораш.
(Mazmuni: Barcha yaroqlanib, otlanib jang qilayotgan bir paytda Majnun oʻz jonidan ulashish bilan band edi. Hamma urushish uchun ot solardi, u boʻlsa tinimsiz sulh uchun duolar oʻqirdi. Har kim birovga tigʻ urib oʻldirardi, u shu urushga sababchi boʻlganligi uchun afsus bilan oʻz joniga qasd qilardi. Urushdan sulhni vujudga keltirish uchun jang maydonini xuddi hojilardek aylanib tavof qilardi. Baʼzan andishani chetga surib, qora bulutdek borib oʻz lashkarlariga tigʻ sanchishdan ham toymasdi. Raqib tomon buni koʻrib taʼna qilsa, oʻz lashkarlariga qoʻshilib ularga qarshi urushardi... Qarshi tomon jangchisi Majnun tomonidan maydonga kirgan birining boshini olib tashlasa, borib uning qoʻlini oʻpardi. Yori tomon jangchilaridan biri oʻldirilsa, koʻzidan oqqan sel bilan uni yuvardi.)
Shunday qilib, Majnunning murodi Navfal qoʻshinining gʻalabasi bilangina hosil boʻlishi mumkinligi sababli shu guruh tarkibida edi va goʻyo Layli tarafga qarshi qurol koʻtargandi. Ammo yorining qoʻshini magʻlub boʻlishini istamas, gʻalaba yorim tarafda boʻlsin deb duo qilar va hatto amalan koʻmak berib turardi. Majnunning bu beqarorligi, bemantiq harakati ayrim raqib jangchilarining kulgi va masxara qilishlariga sabab boʻlayotgan edi.
Shunda bir jangchi Majnunga qarata alam bilan: “Ey yigit, eʼtibor bersam, charxi falakday egrilikni odat qilib, nogahoniy oʻzimizga hujumlar qilyapsan! Biz sen uchun jon berib-jon olib urushib yotibmiz, nima uchun sen dushmanga yordam berasan?!” — deb xitob qiladi.
Majnun esa:
Гуфто, ки чу хасм ёр бошад,
Бо теғ маро чӣ кор бошад?
Бо хасм набарди хун тавон кард,
Бо ёр набард чун тавон кард?
Аз маъракаҳо ҷароҳат ояд,
Ин ҷо ҳама бӯи роҳат ояд.
Маъшуқа чу бӯи ҷон фиристад,
Ошиқ ба иваз ҳамон фиристад.
(Mazmuni: Dediki, agar raqib deganing yorim boʻlsa, tigʻimni boshqa yana qanday ishlata bilardim? Raqib bilan qonli urush qilish mumkin, lekin yor bilan qandayin urushiladi? Odatda urush maydonida jarohatlar koʻzga tashlanadi, ammo bunda rohat ifori taralyapti. Agar maʼshuqa jon isini yuborsa, oshiq uning evaziga jonning oʻzini yuborishi tabiiy.)
@aruz_arzi