View in Telegram
♨️ Ahmad Taroziyning “Funun ul-balogʻa”sida barcha zihoflar miqdori 35 ta deyilgan: “Bilgilkim, aruz ahlining istilohi birla oʻttuz besh zihaf kelibtur, bu sakkiz arkoni solimning nafsida amal qilurlar”. Alisher Navoiy zihoflarning umumiy soni haqida maʼlumot bermagan, biroq beshta asl ruknda amal qilinadigan 32 nomdagi zihofni izohlagan. “Muxtasar”da esa: “Jamiʼ zihofot qirq toʻrttur”, deb yozilgan. Atoulloh Husayniy arab aruziga xos boʻlgan 31 ta hamda ajam aruziga xos boʻlgan 11 ta zihoflarni izohlagan. Tadqiqotchi D.Yusupovaning guvohlik berishicha, “Temuriylar davri aruzshunosligida jami 45 ta zihof qoʻllanilgan boʻlib, ulardan 23 tasi mufrad, 18 tasi murakkab va 4 tasi oʻta murakkab zihoflardir... Boburda faqat taxliʼ zihofi keltirilmagan boʻlib, Bobur taxliʼ mohiyatan kablga yaqin boʻlganligi uchun uni alohida zihof sifatida sanamagan, chunki taxliʼ ham kabl singari qatʼ va xabn amallarining birikuvidan hosil boʻladi” 📚 S.Tohirov. “Aruz vazni qoidalari
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily