View in Telegram
♨️ Endi Alisher Navoiy uslubidan bir misol olib koʻraylik: “Mafoʻiylun zihofoti oʻn birdir va furuʼi dagʻi oʻn birdir. Ammo zihofi: 1. “Qabz” – mafoʼiylun “yo”sining isqotidur (olib tashlamoq), to mafoʼilun qolgʻay. 2. “Kaf” – mafoʼiylun “nun”ining isqotidur, to mafoʼiylu qolgʻay. 3. “Xarm” – mafoʼiylun “mim”ining isqotidur, to foʼiylun qolgʻay va mafʼuvlun aning oʻrnigʻa bitirlar. 4. “Xarb” – mafoʼiylun “mim”i va “nun”ining isqotidur, to foʼiylu qolgʻay va mafʼuvlu aning oʻrnigʻa bitarlar. 5. “Shatr” – mafoʼiylun “mim” va “yo”sining isqotidur, to foʼilun qolgʻay. 6. “Hazf” – mafoʻiylunning oxir sababi xafifi isqotidur, bas mafoʼiylundin mafoʼiy qolgʻay va faʼuvlun aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 7. “Qasr” – oxir juzvining, yaʼni sababi xafif oxirining isqotidur va moqablining (undan oldingi harfning) iskoni (sokinga aylantirilishi) bas mafoʼiylun mafoʼiyl boʻlgʻay. 8. “Xatm” – “hazf” va “qasr” ijtimoʼi (jamlanishi, yaʼni birgalikda qoʻllanishi), bas mafoʼiylunda mafoʼ qolgʻay va faʼuvl aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 9. “Jabb” – ikki sababi xafif isqotidur, bas mafoʼiylundin mafo qolgʻay va faʼul aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 10. “Zalal” – “xatm” va “xarm” ijtimoidur, mafoʼiylunda bas foʼ qolgʻay. 11. “Batar” – “jabb” va “xarm” ijtimoidur, mafoʼiylunda bas fo qolgʻay, faʼ aning oʻrnigʻa qoʻyarlar.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily