❗️❗️❗️
Yuqorida Bobur asl ruknlarning zihoflarini sanab oʻtishdan oldin har bir zihofning oʻzini izohlashini va uni asl ruknlarda qoʻllash boʻyicha koʻrsatma berishini aytib oʻtgan edik. Bir misol keltirsak:
“Xabn” sababi xafifning sokinini hazf qilmoqliqdurkim (olib tashlamoq – S.T.), ruknning ikkinchi harfi boʻlgʻay, nechukkim, foʼilun – faʼilun, foʼilotun – faʼilotun boʻlur, mustafʼilun – mutafʼilun, mafʼuvlotu – maʼuvlotu boʻlurkim, mafoʼiylugʻa naql qilurlar, mugʻayyar (oʻzgargan – S.T.) ruknni maxbun derlar”.