#davomi
Монда нашудӣ зи ғам кашидан
В-аз таънаи душманон шунидан?
Дилсер нагаштӣ аз маломат?
Зинда нашудӣ бад-ин қиёмат?
(Mazmuni: Gʻam chekishdan, dushmanlarning taʼnasini eshitishdan charchamadingmi? Malomatdan toʻyib ketmadingmi? Bu qiyomat seni qayta tiriltirmadimi?)
Va boshqa qiziq joyi bor shu bobda. Har bir ota muhabbatdan iztirob chekayotgan farzandini bu zanjirdan xalos etish uchun Majnunning otasiday yoʻl tutsa kerak. Yaʼni sevganing seni allaqachon unutgan, uning parvoyiga ham kelayotganing yoʻq qabilidagi gaplar aytiladi:
Дилро ба касе чӣ боядат дод,
К-ӯ н-оварадат ба солҳо ёд?
Ӯ бе ту чу гул, ту пой дар гил,
Ӯ сангдилу ту санг бар дил.
(Mazmuni: Seni yillab eslamaydigan biriga koʻngil berishdan nima maʼni?! U sensiz gulday yashnab yuribdi, sening oyogʻing loyga botgan. U tosh koʻngilli, sening esa koʻnglingda tosh bor [va bu tosh senga azob beryapti].)
Ikkinchi bayt favqulodda goʻzal aytilgan. Birinchi misradagi “gul” va “gil” soʻzlari oʻzaro ohangdoshlik hosil qilgani bir boʻlsa, ikkinchidan, “sang” (tosh) soʻzining koʻchma va oʻz maʼnodagi varianti keyingi misrada yonma-yon kelgan, bu ham kamdek, zulqofiyatayn (ikki qofiyalilik) rioyat qilingan, yaʼni “dar” va “bar”, shuningdek, “gil” va “dil” soʻzlari oʻzaro qofiyalanib ohangdorlikni, jozibani bir necha karraga oshirgan.
@aruz_arzi