#Nizomiy
#Layli_va_Majnun
II
Bani omiriylar Qays uchun Laylining qoʻlini soʻrab borishadi va uning otasidan qatʼiy rad javobini eshitib, nochor-u noumid ortga qaytishadi. Shundan soʻng Majnunga ortiq maʼshuqasini unutishi, oʻziga kelishi lozimligini aytib nasihat qilishadi. Lekin bu pandlar tamoman teskari taʼsir qiladi:
В-он гаҳ ба насиҳаташ нишонданд,
Бар оташ хор мефишонданд.
(Mazmuni: U zamon [Majnunni] oʻtirgizib, nasihat qilishardi. [Bu ish bilan goʻyo] yonib turgan olovga [qurigan] tikan tashlardilar.)
Yonib turgan olovga qurigan tikan tashlansa, gurullab yonib ketadi. Olovning shiddati ortadi. Majnunga qilingan nasihatlar ham uning botinidagi ishq otashini kuchaytirar edi.